Vitaboom

«Vita Boom» – oilaviy biznes hisoblanib, uning yaratish gʼoyasi 2010 yillarga borib taqaladi, ammo oziq ovqat mahsulotlarini faol ishlab chiqarish 2015 yildan boshlangan. Korxonaning birinchi mahsuloti asal va quruq mevalarning aralashmasidan iborat boʼlib, mazkur darmondori yegulik koʼpchilik uchun yangilik boʼldi.

korxona faoliyati

Korxonamiz 2019 yilda boshlab Oʼzbekiston Havo Yoʼllari MАK, 2021 yilda «Havas» diskounterlar tarmogʼi, 2022 yilda «Korzinka», «Bi1», va «Svetofor» supermarketlar tarmogʼining, 2023 yilda «Safia» qandolat fabrikasining yongʼoq va quritilgan mevalarni qayta ishlab, qoʼshilgan qiymatli mahsulotlar yetkazib berish boʼyicha asosiy hamkoriga aylandi.

Bugungi kunga kelib yongʼoq, quritilgan mevalar va boshqa turdagi qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini qayta ishlab, yiliga 200 tonnadan ortiq tayyor mahsulot ishlab chiqaramiz. Oʼz segmentimiz boʼyicha Toshkent shahri riteyl xaridorlarining 50 foizdan oshiq qismini mahsulotlar bilan taʼminlaymiz.